Bepul SSL sertifikatini ulaş (Let’s Encrypt)

Sayt https:// orqali oçilişi uçun sertifikatni yoqiş.

Let’s Encrypt sertifikati bepul, 90 kun amal qiladi va avtomatik yangilanadi.

Oldin tekşiring

  • Domen bizning NS-serverlarga yōnaltirilgan va DNS tarqalgan (yōriqnoma).
  • Agar www ham kerak bōlsa, www.example.uz sayt aliaslarida bōlişi kerak.

Qadamlar

  1. Panelda «Web» bōlimini oçing va saytni tahrirlaşga kiring.
  2. «SSL» bandida Let’s Encrypt ni belgilang.
  3. Kerak bōlsa, «HTTP’dan HTTPS’ga avtomatik yōnaltiriş» ni yoqing.
  4. Saqlang. Sertifikat bir daqiqa içida beriladi.

Sertifikat berilmasa

  • DNS hali tarqalmagan bōlişi mumkin — bir neçta soatdan keyin qayta urinib kōring.
  • Domen yoki alias boşqa serverga qaragan bōlsa, Let’s Encrypt uni tekşira olmaydi.
  • Muammo qolsa — Telegramda yozing.